"Liverpul"ning bu transfer rejasi barbod bo'lishi mumkin

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi hali "Liverpul" bilan kelishib olgani yo'q.
25 yoshli futbolchi "qizillar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rilmoqda, biroq hozircha bunga aniqlik kiritilganicha yo'q. Jurnalist Aleks Krukning yozishicha, muzokaralar faqat boshlang'ich bosqichda, Gexi kelishuvga rozilik bermagan. Futbolchi hech qaerga shoshilmayapti: u "Kristal Pelas"da kelasi yozgacha qolishga, amaldagi shartnomasi muddati tugaganidan keyin erkin agent sifatida ketishga tayyor.
Mark Gexining Transfermarkt bo'yicha narxi 45 mln evroga baholanmoqda. Angliya terma jamoasining markaziy himoyachisi 2021 yildan beri "burgutlar" sharafini himoya qilib kelmoqda.