"Liverpul" Luis Dias o'rniga "PSJ" vingeri nomzodini ko'rib chiqmoqda

"Liverpul" "Bavariya"ga o'tib ketgan Luis Dias o'rniga futbolchi izlamoqda.
Caughtoffside xabariga ko'ra, mersisaydliklar "PSJ" vingeri Bredli Barkolyani nomzodlar qatoriga kiritgan.
Parijliklar 22 yoshli frantsuz futbolchisini qo'yib yuborishni istamayapti va u bilan tuzilgan 2028 yilgacha shartnomani uzaytirish niyatida.
Transfermarkt Barkolani hozirda 70 million evroga baholamoqda.