"Liverpul" Luis Diasni sotib yuborgan taqdirda yangi vingerni o'z safiga qo'shib oladi. Kolumbiyalik futbolchiga "Bavariya" da'vogarlik qilmoqda, u katta ehtimol bilan futbolchining qimmatbaho transferini amalga oshira oladi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Liverpul" Dias ketadigan bo'lsa, hujum chizig'iga yangi futbolchi olib kelmoqchi. Asosiy maqsadlardan biri "Lion" vakili Malik Fofana hisoblanadi, ammo boshqa nomzodlar ham ko'rib chiqilmoqda.

Luis Diasning "Bavariya"ga transfer narxi 70 mln evrodan oshishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, joriy yozda "Liverpul" yangi futbolchilar uchun 300 mln evrodan ortiq mablag' sarflagan edi. Kuni kecha jamoa safiga hujumchi Ugo Ekitike qo'shildi.