"Liverpul" Konate uchun talablarini pasaytirdi

"Liverpul" yozda markaziy himoyachi Ibraima Konate bilan shartnoma imzolashga uringan klubdan 40 mln funt (46,4 mln evro) talab qiladi (avval bu summa 56 million evro atrofida edi). Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 26 yoshli himoyachini sotishni istamayapti, ammo Konatening shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanishi sababli uni tekinga qo'yib yubormoqchi ham emas. "Qizillar" frantsiyalik futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazmoqchi.
Avvalroq OAV Konate "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirish niyatida emasligi va Madridning "Real" klubiga o'tishni orzu qilayotgani haqida yozgandi.
26 yoshli futbolchi "Liverpul" safida 2021 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 60 mln evroni tashkil etadi.