"Parma" markaziy himoyachisi Jovanni Leoni "Liverpul"ni qiziqtirib qoldi.

18 yoshli futbolchi uchun kurashni "Yuventus", "Inter" va "Milan" bir necha oydan buyon olib bormoqda, endi esa umidli italiyalik uchun kurashga xorij grandi qo'shilishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Liverpul" Leonining o'yinidan hayratga tushgan. "Qizillar" kelajak uchun yosh markaziy himoyachi izlamoqda va "Parma"dagi iste'dod ehtimoliy nishonlardan biri.

Transfermarkt ekspertlari Jovanni Leonining narxini 18 mln evroga baholamoqda, ammo "Parma" vunderkind uchun 35-40 mln evro so'ramoqda. Futbolchi A Seriyada 17 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.