"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak uchun katta taklif tayyorlamoqda.

"Hakkalar" "qizillar"ga  shvetsiyalik uchun taxminan 127 million evro taklif qilganida uni sotishdan bosh tortdi. 25 yoshli futbolchining o'zi ketishni istamoqda va "Nyukasl"da o'ynashni davom ettirmoqchi emas, shuning uchun klub rahbariyati baribir yulduzni qo'yib yuborishi mumkin. Indykiala xabariga ko'ra, "Liverpul" forvard uchun 130 mln funt (150,5 mln evro) va bonuslar taklif qilishga tayyor. Agar kelishuv amalga oshsa, bu Angliya futboli tarixidagi eng yirik kelishuv bo'ladi.

Mish-mishlarga ko'ra, "Nmyukasl" Aleksandr Isak uchun aynan shuncha pul so'ramoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 120 mln evroga baholamoqda.