"Liverpul" "Nyukasl" bilan Aleksandr Isak borasida muzokara olib bormoqda.

Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "qizillar" 25 yoshli hujumchi bo'yicha ehtimoliy taklifni muhokama qilish uchun "magpilar" bilan bog'lanishgan. Agar shvetsiyalik futbolchi transferga tayyor bo'lmasa, mersisaydliklar Frankfurtning "Ayntraxt" klubi futbolchisi Ugo Ekitike uchun kurashga qo'shilishi mumkin.

"Nyukasl" forvardni sotishni istamayapti. Klub Isak bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Aleksandr o'tgan mavsumda Premer-ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.