"Liverpul" hujumchisi "Bornmut"ga o'tdi

"Bornmut" "Liverpul" hujumchisi Ben Douk transferini e'lon qildi.
19 yoshli shotlandiyalik futbolchi bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Transfermarkt portali bitim qiymatini 23,2 million evroga baholagan.
Doak 2024/25 yilgi mavsumni "Midlsbro"da ijara asosida o'tkazdi. 24 ta o'yinda u 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.