"Liverpul" himoyachisini ijaraga berishi mumkin

"Liverpul" himoyachisi Kostas Tsimikas klubni tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 29 yoshli grekni ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining o'zi ketishga rozi, chunki bosh murabbiy Arne Slot chap qanot himoyasida Endi Robertson va Milosh Kerkezga ishonmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Tsimikas 29 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.