Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul" asosiy himoyachisi Ibraima Konate kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolerining xabariga ko'ra, 26 yoshli frantsuz "Real" rahbariyatiga kelasi yozda xuddi Trent Aleksandr-Arnoldga o'xshab erkin agent maqomida "qirollik klubi"ga o'tishga tayyorligini bildirdi.

Konate "Liverpul" taklif qilayotgan yangi shartnomani qabul qilmayapti.