"Liverpul"ning chap qanot himoyachisi Konstantinos Tsimikas yangi chaqiruvni qabul qilib, "qizillar" safini tark etishga tayyor. Bu haqda Give me Sport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, gretsiyalik futbolchi joriy yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. 29 yoshli futbolchiga Ispaniya chempionati klublari qiziqish bildirmoqda.

Tsimikas 2020 yilning yozida "Olimpiakos"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. O'tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 18 mln evroni tashkil etadi.