"Liverpul"ning chap qanot himoyachisi Kostas Tsimikas yozda ingliz jamoasini tark etib, APLning boshqa klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Echo xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot kelasi mavsumda gretsiyalik futbolchiga umid qilmayapti. Shuning uchun ham u Angliya Superkubogi uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Tsimikasning faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri - "Nottingem Forest." "O'rmonchilar" himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Tez orada klub "Liverpul" bilan rasmiy muzokaralarni boshlashi mumkin.

O'tgan mavsumda Tsimikas mersisaydliklar safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.