"Parma" markaziy himoyachi Jovanni Leonini "Liverpul"ga sotishga yaqin turibdi.

Bitim allaqachon kelishilgan va tez orada, agar rejalashtirilmagan hech narsa sodir bo'lmasa, rasmiy ravishda tasdiqlanadi. "Parma" 18 yoshli futbolchining sotuvidan 35 mln evro ishlab oladi - bu klub tarixidagi eng qimmat transferlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinda.

Ro'yxatda 2000 yilda "Latsio"ga qariyb 57 mln evroga sotilgan sobiq forvard Ernan Krespo etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rin - darvozabon Janluiji Buffon, u uchun "Yuventus" 2001 yilda taxminan 53 million evro to'lagan. 2001 yilning yozida yana o'sha "keksa sinora" "jallublu" himoyachisi Lilian Tyuramni 36 million evroga sotib oldi.

Jovanni Leoni A Seriyada bor yo'g'i 17ta o'yin o'tkazdi, bu esa afsonaviy sobiq murabbiy Arrigo Sakkining fikricha, hech kimni xavotirga solmasligi kerak.