Tayler Morton "Liverpul"dan "Lion"ga o'tdi.

Frantsuz klubi 22 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 5 yillik shartnoma imzoladilar.

Bitim summasi 10 million evroni tashkil etdi, yana 5 million bonus sifatida to'lanishi mumkin. Agar "Lion" futbolchini sotib olganidan qimmatroqqa sotsa, "Liverpul" foydaning 20 foizini oladi.

O'tgan mavsumda Morton "Liverpul"ning asosiy jamoasi safida 5 ta, "qizillar"ning yoshlar jamoasi safida esa 6 ta o'yinda maydonga tushgan.