"Lion" "Liverpul" tayanch yarim himoyachisi Tayler Mortonni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi, deb yozadi Fabritsio Romano.

22 yoshli Taylerning transferi frantsuzlarga 15 million evroga tushishi kutilmoqda.

Morton "Liverpul" tarbiyalanuvchisi bo'lib, u ikki marta "Blekbern" va "Gall"ga ijaraga berilgan. O'tgan mavsumda himoyachi 5 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.