"Liverpul" frantsuz himoyachisi uchun 50 million evrolik taklif tayyorladi

Germaniya Bundesligasida "RB Leyptsig" safida to'p tepayotgan frantsiyalik himoyachi Kastello Lyukeba Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchini "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Mersisaydliklar xo'jayinlari frantsiyalik futbolchini sotib olish uchun 50-55 million evro ajratishga tayyor. Futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan shart 90 mln, ammo "buqalar" narxni pasaytirishga tayyor.
2024/2025 yilgi mavsumda Kastello Lukeba nemis jamoasi safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, gol urmagan. Uning "RB Leyptsig" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.