APLning amaldagi chempioni "Liverpul" yozda markaziy hujum pozitsiyasini kuchaytirish niyatida.

"Qizillar"ning hozirda asosiy maqsadi "Nyukasl"dan Aleksandr Isak bo'lsa-da, bu kelishuvga "qarg'alar" rahbariyati jiddiy qarshilik qilmoqda.

"Liverpul" bu vaziyatdan kelib chiqib e'tiborini "Ayntraxt" hujumchisi Ugo Ekitikega qaratdi.

Frankfurt tomoni o'z futbolchisini 100 million evro atrofidagi narx evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Muzokaralar hozirda ilk bosqichda.