"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes yaqin kelajakdagi rejalarini qayta ko'rib chiqishiga to'g'ri kelishi mumkin.

Urugvaylik futbolchiga asosiy da'vogar sifatida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ko'rilmoqda. Ingliz grandi futbolchini sotishga tayyor va endi barchasi uning o'ziga bog'liq. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Nunes kelajak haqida o'ylashda davom etmoqda: u faoliyatining hozirgi bosqichida Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga tayyormi yoki yo'qligini hali hal qilmagan. Ikki oy muqaddam 26 yoshli forvard saudiyaliklarga rad javobini berib, Evropada qolish niyatida ekanini aytgandi.

Endi hammasi o'zgarishi mumkin. Turli ma'lumotlarga ko'ra, Darvin Nunesga "Yuventus", "Napoli" va "Nyukasl" klublari ham qiziqish bildirgan.