"Liverpul" Ekitike transferi bo'yicha kelishuvga erishdi (manba)

"Liverpul" yangi hujumchi bilan kelishib bo'lgan. Yaqin kelajakda Arne Slot jamoasi tarkibini hozirda "Ayntraxt" sharafini himoya qilayotgan Ugo Ekitike bilan to'ldirishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabris Xokinsning yozishicha, "Liverpul" Ekitike bilan 6 mavsumlik shartnoma borasida kelishib bo'lgan. 23 yoshli futbolchi faqat Mersisayd klubiga o'tishni istamoqda - "Nyukasl" muzokaralardan chiqdi.
Shu bilan birga, BBC ma'lumotni to'ldiradi - "Liverpul" Ekitikening transferini yaqin dam olish kunlarigacha yopishi mumkin. Avvalroq, "Ayntraxt" "Nyukasl"ning futbolchi uchun 70 million funt (81 million evro) miqdoridagi taklifini rad etgandi. Shunga ko'ra, "Liverpul"ning taklifi kattaroq bo'lishi kutilmoqda.