"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakni sotib olish niyatidan qaytgani yo'q.

"Hakkalar" allaqachon "qizillar"ning 25 yoshli futbolchi bo'yicha taklifini rad etgan, shvetsiyalikning o'zi esa transferni talab qilishda davom etmoqda va hatto ketish istagini ochiqchasiga bildirgan bayonot bilan chiqdi. Indykaila News xabariga ko'ra, bugun, chorshanba kuni "Liverpul" va "Nyukasl" rasmiylari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi - tomonlar forvard bo'yicha kelishuvning keyingi qadamlarini muhokama qiladi.

Aleksandr Isakning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 120 mln evro. Mish-mishlarga ko'ra, "Nyukasl" o'z yulduzi uchun 150 mln evrodan ko'proq talab qilmoqda.