"Liverpul" navbatdagi qimmatbaho kelishuvni amalga oshirdi - jamoa safini Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Ugo Ekitike to'ldirdi. 23 yoshli frantsuz mersisaydliklarga bonuslar bilan hisoblaganda 95 mln evroga tushgan. Avvalroq, "qizillar" Florian Virtsni 125 mln evroga sotib olgan, shuningdek, Milosh Kerkez va Jeremi Frimpong uchun mos ravishda 47 va 40 mln evro sarflagandi.

Shu tariqa, "Liverpul"ning yozgi transferlar bo'yicha jami xarajati 300 mln evrodan oshdi. Angliya vakillari orasida faqat "Chelsi" bitta transfer kampaniyasi uchun ko'proq mablag' sarflagan, buning ustiga ikki marta - 2023 yilning qishi va yozida. Ikkinchi holatda "ko'klar" joriy kurs bo'yicha taxminan 500 mln evroga futbolchilar xarid qilishgandi, bu hozirgacha Premer-liga rekordi bo'lib qolmoqda.