"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes va himoyachisi Andreas Kristensen faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Fichajes xabariga ko'ra, "qizillar" rahbariyati ispaniyalik yarim himoyachiga 80 million evro, daniyalik himoyachi uchun esa 20 million evro to'lashga tayyor.

Arne Slot ikkala futbolchi ham APLga juda tez moslasha olishiga va jamoaga katta foyda keltirishiga ishonmoqda.