"Liverpul" angliyalik himoyachi uchun so'nggi taklifni yuboradi

"Liverpul" himoyachi Mark Gexini sotib olish ustida ishlashda davom etmoqda. 25 yoshli angliyalik himoyachi allaqachon mersisaydliklar klubi bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
The Sun xabariga ko'ra, "Liverpul" endi "Kristal Pelas"ga Gexi bo'yicha o'zining so'nggi taklifini beradi. “Qizillar” futbolchi uchun 40 million funt (46 million evro atrofida) taklif qiladi.
Mark Gexining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi yana bir mavsum, 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.