"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen "Nyukasl"ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isakni qo'llab-quvvatladi.

Isak o'zining amaldagi klubi bilan rahbariyat uni "Liverpul"ga qo'yib yuborishi uchun kurash olib bormoqda, klub futbolchi uchun 138 mln evro taklif qilmoqda.

"Agar uning bayonotiga ishonadigan bo'lsak, u bitimning o'z qismini bajardi. U shuning o'zi etarli ekanini, oldingi gap-so'zlardan kelib chiqib, klub uni qo'yib yuborishi kerakligini his qilmoqda, ammo "Nyukasl" bu o'yinda o'ynamayotganga o'xshaydi," - deya Ouenning so'zlarini keltiradi Chronicle Live.