"Liverpul" 18 yoshli italiyalik futbolchi uchun 35 million evro sarflashga tayyor

"Liverpul" "Parma" markaziy himoyachisi Jovanni Leonining transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, "qizillar" allaqachon 18 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Italiyalik futbolchining shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. "Liverpul" istiqbolli futbolchi uchun "Parma"ga 35 mln evro taklif qiladi.
Transfermarkt portali ekspertlari Jovanni Leonining narxini 18 mln evroga baholamoqda.
"Liverpul" Leoni uchun kurashda "Inter" va "Yuventus"ni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.