"Liverpul" 17 yoshli hujumchini o'z safiga qo'shib oldi

Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul" o'z safiga yangi hujumchi qo'shib oldi.
"Qizillar" "Salford Siti" hujumchisi Uill Rayt bilan shartnoma imzoladi.
17 yoshli angliyalik hujumchining shartnoma shartlari va transfer summasi ma'lum emas. U mersisaydliklar yoshlar jamoasida harakat qiladi.