"Liverpul" frantsiyalik hujumchi Ugo Ekitike uchun "Ayntraxt"ga 100 mln evro to'lashga tayyor.

Avvalroq, nemis klubi o'z forvardini 81 mln evroga baholagan va mersisaydliklarga ularning taklifi yuqoriroq bo'lishi kerakligini bildirgandi.

"Liverpul" ushbu shartlarga amal qilib, rasmiy taklif tayyorlamoqda, deb yozadi Daily Mail.

Manbaga ko'ra, klub futbolchi bilan 6 yil muddatga shartnoma imzolaydi.

Avvalroq, Ekitikening o'zi faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishni istagani uchun "Manchester Yunayted" va "Nyukasl"ga rad javobini bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.