Lisandro Martines "Manchester Yunayted"ni dunyoning eng yaxshi klublaridan biri deb atadi.

O'tgan mavsumda Ruben Amorim bosh murabbiyligidagi jamoa APL jadvalida 15-o'rinni egallagan edi.

"Menimcha, har qanday klubda bo'lgani kabi, agar nimadir ishlamasa, uni o'zgartirish kerak.

Nima ishlayapti-yu, nima ishlamayapti, tahlil qilish va shunga yarasha o'zgartirishlar kiritish kerak, chunki zo'r klublar aynan shunday ishlaydi. "Manchester Yunayted" - dunyoning eng yaxshi klublaridan biri.

Ruben Amorim jamoaga juda yaxshi energiya va xohish bilan keldi. U kerakli o'zgarishlarni kiritishiga ishonaman.

Shubhasiz, o'zgarishlar zarur, chunki so'nggi ikki mavsumda turnir jadvalida pastgi o'rinlarga tushib qolganimiz yaxshi emas," - dedi "Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines.