"Lion" yarim himoyachisini 500 ming evroga Qatar klubiga sotdi

Jordan Veretu Qatarning "Al-Arabi" klubiga o'tdi.
"Lion" 32 yoshli yarim himoyachining jamoadan ketganini e'lon qildi. Futbolchi Frantsiya jamoasiga 2024 yilning yozida 4+3 million evro evaziga o'tgandi.
Get French Football News xabariga ko'ra, klublar 500 ming evrolik transferga kelishib olgan. Shuningdek, frantsuzlar futbolchini kelajakda qayta sotishda summaning 50 foizini oladi.
Veretu "Al-Arabi" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Frantsuz o'tgan mavsum "Lion" safida 38 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda u 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.