"Lion" Ruben Klyuyvert bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

"Lion" Patrik Klyuyvertning o'g'lini sotib oldi.
"Kaza Piya" himoyachisi Ruben Klyuyvertning transferi frantsuzlarga 3,78 mln evroga tushdi. Bundan tashqari, bitim 0,65 mln evrogacha bonuslar va qayta sotish holatida foydaning 15 foizini o'tkazishni nazarda tutadi.
24 yoshli futbolchi bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Qayd etilishicha, Klyuyvert "Lion" tarixidagi to'rtinchi niderlandiyalik futbolchiga aylanadi.
Portugaliya chempionatining o'tgan mavsumida futbolchi 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.