"Liverpul" yarim himoyachisi Tayler Morton faoliyatini Liga 1da davom ettirishi mumkin. "Lion" futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, klublar Mortonning transferi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan. Mersisaydliklar rahbariyati o'z futbolchisini bonus to'lovlarini hisobga olmaganda 9 million evro evaziga Frantsiyaga qo'yib yuborishga tayyor.

Shuningdek, "Lion" va Morton shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha ham kelishuvga erishgani xabar qilingan.

O'tgan mavsumda 22 yoshli angliyalik "qizillar"ning asosiy jamoasida 5 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.