"Lion" himoyachisi faoliyatini BAA klubida davom ettiradi

Adrielson "Lion"dan "Al-Vasl"ga o'tdi.
Frantsuzlar 27 yoshli himoyachining BAA klubiga o'tganini e'lon qildi.
Braziliyalik futbolchi uchun "Lion" 1,3 million evro ishlab oladi, yana 0,9 millioni bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin. Shuningdek, frantsuz klubi futbolchini qayta sotishda summaning 50 foizini oladi.
Yanvar oyidan beri Adrielson "Anderlext"da ijara asosida faoliyat olib borayotgan edi.