Lukas Perri "Lion"dan "Lids"ga o'tdi.

Ingliz klubi 27 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 4 yillik shartnoma imzoladilar.

Frantsiyaliklar bitim qiymati 16 million evroni tashkil etganini, yana 2 million evro bonus sifatida to'lanishi mumkinligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, "Lion" futbolchining keyingi sotuvidan tushgan foydaning 10 foizini oladi.

O'tgan mavsumda braziliyalik darvozabon Liga 1da 33 ta o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol o'tkazib yuborgan.