"Lion" Pavel Shultsni o'z safiga qo'shib oldi.

Frantsuz klubi 7,5 million evro evaziga "Viktoriya Plzen" hujumkor yarim himoyachisi transferini e'lon qildi. Yana 2,5 mln evro bonus sifatida to'lanishi mumkin. Agar frantsuzlar futbolchini sotib olganidan qimmatroqqa sotsa, foydaning 15 foizini chex klubi oladi.

Shults o'tgan mavsumda 35 ta o'yinda 15 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirib, Chexiya chempionatining ikkinchi to'purari bo'ldi.