Lineker - Reshford haqida: "Manchester Yunayted"da nimadir noto'g'ri ketayotgani aniq"

"Barselona" klubi va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker yana bir bor Markus Reshfordning Kataloniya klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Manchester Yunayted"da nimadir noto'g'ri ketayotgani aniq. Reshford - ajoyib futbolchi. U juda tezkor, juda xavfli futbolchi va yaxshi inson. Umid qilamanki, u o'z darajasini ko'rsata oladi. Markusda katta iste'dod bor va u "Barselona" uchun qimmatli xarid bo'ladi, deb o'ylayman. Uning transferidan juda xursandman," - deya Linekerning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Markusning "Barsa"ga o'tishi haqida seshanba oqshomida insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.