"Lill" "PSJ"ga o'tishga yaqin turgan darvozaboniga o'rinbosar qidirmoqda

Frantsiyaning "Lill" klubi "PSJ"ga o'tish arafasida turgan darvozabon Lyuka Shevalega o'rinbosar qidirmoqda. Bu haqda mahalliy L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Lill" bir necha variantni ko'rib chiqmoqda. Asosiy nomzod NEK vakili niderlandiyalik Robin Rufs hisoblanadi. Angliya klublari ham qiziqish bildirayotgan 22 yoshli futbolchi bo'yicha hozircha rasmiy taklif bo'lgani yo'q.
Rufs Niderlandiya terma jamoasi safida bir necha bor yoshlar va turli yoshlar terma jamoalarida o'ynagan. O'tgan mavsumda futbolchi klub miqyosida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yuborgan. Bozor narxi 4 million evroga baholanayotgan darvozabon 10 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.