"Lill" La Ligadan himoyachi sotib oladi

"Betis"da himoyachi sifatida o'ynayotgan Roman Perro tez orada faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi. Futbolchi "Lill"ga o'tishga yaqin turibdi.
Manbaga ko'ra, klublar bo'lajak transfer tafsilotlarini muhokama qilgan va kelishuvni yakunlashga tayyor. "Lill" 27 yoshli frantsuz uchun "Betis"ga 3,5 mln evro to'laydi.
O'tgan mavsumda Perro 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.