"Lill" darvozabon bo'yicha "PSJ" taklifini rad etadi

"Pari Sen-Jermen" hozircha "Lill" darvozaboni Lyuka Shevaleni sotib olish bo'yicha kelisha olmayapti.
Parijliklar 23 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan bo'lsa, yaqinda "itlar"ga dastlabki rasmiy taklifni berdi. Jurnalist Loik Tanzining so'zlariga ko'ra, "Lill" rad javobini beradi, chunki u o'z yulduzini sotishdan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi, poytaxt grandi esa unchalik foydali bo'lmagan shartlarni taklif qilgan.
Lyuka Shevale 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda 53 ta gol o'tkazib yubordi. Nufuzli "Transfermarkt" portali ekspertlari frantsiyalik umidli darvozabonning narxini 30 mln evroga baholamoqda.