Frantsiya chempionatining birinchi turida atigi o'n ettita to'p kiritildi va ulardan oltitasi "Lill" va "Brest" o'yinida bo'ldi. To'qqizta o'yinda o'n ettita gol urish Frantsiya futbolida so'nggi o'n yil ichida birinchi tur uchun eng yomon natija bo'ldi. Faqat 2015/2016 yilgi mavsumda ahvol yomonroq edi, o'shanda ham xuddi shuncha 17 ta gol urilgan, ammo o'nta o'yinda - har bir o'yinda o'rtacha 1,7 tadan (hozir - 1,9).

Eslatib o'tamiz, Frantsiya futbolining amaldagi chempioni "PSJ" bo'lib, kuchli uchlikdan "Monako" va "Marsel" klublari ham joy olgan. 2021 yilda Frantsiya chempioni bo'lgan "Lill" o'tgan chempionatda beshinchi o'rinni egalladi.