Anton Shtax "Xoffenxaym"dan "Lids"ga ko'chib o'tdi.

26 yoshli yarim himoyachi APL klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 20 million evro va bonuslar bo'lishi xabar qilingandi.

Bundesliganing o'tgan mavsumida Shtax 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.