"Lids" "Milan"ga 21 million evro taklif qilishga tayyor

"Milan" forvardi Noa Okafor faoliyatini "Lids"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sports Italy.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi 25 yoshli shveytsariyalik futbolchi uchun 21 million evro taklif qilishga tayyor.
2025 yilning fevralida Okafor "Napoli"ga ijaraga berildi. U 2024/25 yilgi mavsumda jami 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.