"Lids" "Milan" forvardi transferini e'lon qildi

"Lids" o'zining rasmiy sayti orqali tarkibga yangi futbolchi qo'shilganini e'lon qildi. Jamoani hujumda bir nechta pozitsiyalarda - ham markazda, ham qanotlarda o'ynay oladigan Noa Okafor kuchaytirdi.
Okafor "Lids" bilan to'rt mavsumlik shartnoma imzoladi. Ingliz klubi "Milan"ning 25 yoshli futbolchisi transferi shartlari haqida hech narsa aytmayapti.
Eslatib o'tamiz, Noa Okafor 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida "Napoli" safida ijara asosida to'p tepgan edi. Endi shveytsariyalik o'zini Angliyada sinab ko'radi.