“Li Man” Doston Tursunovning transferini e'lon qildi

Birinchi davrani “Xorazm” klubida o'tkazgan himoyachi Doston Tursunov rasman Gonkong klubiga o'tdi.
“Li Man” klubi 30 yoshli himoyachining transferini e'lon qildi. O'zbekistonlik futbolchi “ajdarlar” safida 44-raqam ostida to'p tepadi.
Avvalroq xabarlarga ko'ra, Tursunov yangi jamoasida yilga taxminan 300 ming dollar ishlab topadi.