"Leyptsig" Nkunkuni qaytarish ustida ishlamoqda

"Leyptsig" Kristofer Nkunkuni qaytarish ustida ishlamoqda.
Nemis klubi "Chelsi" bilan 27 yoshli forvardning transferi borasida muzokaralarni boshladi, deb xabar beradi The Athletic. Tomonlar Xavi Simonsning ehtimoliy transferini ham muhokama qilishmoqda.
Qayd etilishicha, klublar Nkunku transferi bo'yicha haligacha kelishuvga erisha olishmagan – frantsiyalik boshqa variantlarni ko'rib chiqishga tayyor. Londonliklar futbolchini 50 million evroga (43 million funt) baholamoqda, ammo qishda ular 65 million funt talab qilishgan.
O'tgan mavsumda Kristofer Premer-ligada 27 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.