"Leyptsig" "Liverpul"da Xavi Simonsga o'rinbosar topdi

"Liverpul" hujumkor yarim himoyachisi Xarvi Elliott "RB Leyptsig"ning transfer maqsadiga aylandi.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan, ammo hozircha boshlang'ich bosqichda, deya xabar bermoqda jurnalist Devid Ornshteyn. "Qizil buqalar" angliyalik futbolchini "Chelsi"ga o'tishga yaqin turgan Xavi Simonsga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
"Liverpul" Xarvi Elliotning narxini 45-60 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.