Levandovski Saudiyadan kelgan dahshatli taklifni rad etdi

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Saudiyada Arabistonidan kelgan yirik taklifni rad etdi. Bu haqda polyakning agenti Pini Zaxavi ma'lumot berdi.
"Saudiya Arabistonida Levandovskiga yiliga 100 million evrodan ortiq maosh taklif qilishdi, lekin u "Barselona"da qolishni afzal ko'rdi", - dedi Zaxavi.
Robertning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.