"Lev Yashin" mukofotiga nomzodlar e'lon qilindi

"Lev Yashin" mukofotiga nomzodlar nomi e'lon qilindi.
France Football jurnali dunyoning eng yaxshi darvozaboni sovriniga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Bu shunday ko'rinish olgan:
Alisson (“Liverpul”), Yasin Bunu (“Al-Hilol”), Lukas Shevale (“Lill”), Tibo Kurtua (“Real”), Janluiji Donnarumma (“PSJ”), Emiliano Martines (“Aston Villa”), Yan Oblak (“Atletiko”), David Rayya (“Arsenal”), Matts Zels (“Nyukasl”), Yann Zommer (“Nyukasl”).
G'olib nomi 22 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan “Oltin to'p”ni topshirish marosimida e'lon qilinadi.
Joriy g'olib - Emiliano Martines.