Malayziya Superligasi 1-turida “Terengganu” klubi safarda “Penang”ni yirik hisobda mag'lub etdi.

Bahs 3:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvda o'zbekistonlik yarim himoyachi Nurullo To'xtasinov asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” va “Neftchi” jamoalarida o'ynagan futbolchi ikki yildirki ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.