Mongoliyaning "Falkons" klubi OFK Chaqiruv Ligasi pley-offida “Taychun”dan ustun keldi.

Ulan-Batorda kechgan bahsda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. Mezbonlarning 2 goliga o'zbekistonlik hujumchi Riza Ayvazov mualliflik qildi.

Endi "Falkons" OFK Chaqiruv Ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi. Guruh bahslari oktyabr oyida o'tkaziladi.