Indoneziya chempionati 2-turida “Persita” o'z maydonida “Persebaya”ga yutqazib qo'ydi.

Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

O'zbekistonlik himoyachi Javlon Guseynov boshlang'ich tarkibda o'yinni boshladi va 62-daqiqada zaxiraga olindi. 61-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Shu tariqa, “Persita” ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradi.